Hurmatli ota-onalar va bo’lajak o’quvchilar!
Bizning xususiy maktabimizda 1-sinfga tayyorlov darslari mavjud. Ushbu darslar orqali bolalaringizni maktabga kirish imtihonlariga puxta tayyorlaymiz. Maktabimizga faqat imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilar qabul qilinadi.
Tayyorlov to’garaklarimiz:
- Matematika: Bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
- O’qish va yozish: Savodxonlikni oshirish va o’qish tezligini yaxshilash.
- Tabiatshunoslik: Atrof-muhit va tabiat haqida bilimlarni kengaytirish.
- Ijodiy mashg’ulotlar: Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bizning to’garaklarimiz bolalaringizni imtihonlarga puxta tayyorlashga yordam beradi. Har bir dars tajribali o’qituvchilar tomonidan olib boriladi va individual yondashuv asosida tashkil etiladi.